Rossiyada o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga bir savat olma berildi

Sport

image

Kecha, 19 avgust kuni “Rubin” darvozaboni Artur Nigmatullin 2026-2027 yilgi Rossiya kubogining ikkinchi bosqichida “Spartak” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng bir savat olma bilan mukofotlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qozon shahridagi “Ak Bars Arena” stadionida o‘tkazilgan uchrashuvda bosh hakam vazifasini Troitsk shahri vakili Stanislav Matveyev bajardi.

Darvozabon uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Unga sovrin sifatida topshirilgan olma savati kecha, 19 avgust kuni nishonlanadigan Olma Spasi bayrami sabab berilgan.

Asosiy vaqtda Nigmatullin “Spartak” hujumchisi Manfred Ugaldening 62-daqiqada urgan golini o‘tkazib yubordi. Penaltilar seriyasida esa u “Spartak” yarim himoyachisi Nail Umyarovning zarbasini qaytarib, jamoasining keyingi bosqichga yo‘l olishiga hissa qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Zenit” klubi yarim himoyachisi Maksim Glushenkov Rossiya Premer-ligasi (RPL) 2-turidan o‘rin olgan “Orenburg”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng unga tarvuz sovg‘a qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing