Telegram
Birinchi biling!
Sport
−
18 avgust 2022
4677Toshkentning “Bunyodkor” klubi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev faoliyatini Rossiyaning “Rubin” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda Qozon klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Rubin” klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachining transferi borasida kelishib olgan. Rahmonaliyev 2023 yilning qishida amaldagi klubi “Bunyodkor” bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng, “Rubin” safiga qo‘shiladi va qozonliklar bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, Toshkent klubi “Rubin”dan Umarali Rahmonaliyev uchun 1 million dollar talab qilgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Rahmonaliyev “Bunyodkor” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan. “Transfermarkt” portali 18 yoshli yarim himoyachining narxini 200 ming yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi