Leonid Fedun “Spartak”ni Rossiyaning eng katta kompaniyalaridan biriga sotdi

Sport

image

Bugun, 22 avgustda Rossiyaning eng yirik kompaniyalaridan biri “Lukoyl” Moskvaning “Spartak” klubining 100 foiz aksiyalarini sotib oldi. Shu tariqa, taniqli oligarx Leonid Fedun “qizil-oqlar” prezidentligini tark etdi. Bu haqda “Chempionat” nashri xabar berdi.

Qayd etish joizki, tadbirkor 18 yil-u 4 oy davomida Moskva klubiga egalik qildi. Ya’ni, Leonid Fedun 2004 yil aprel oyida “Spartak”ning nazorat paketini sotib olgan. Turli OAV xabarlariga ko‘ra, Fedun “Spartak”ni 50 million dollardan 70 million dollargacha bo‘lgan mablag‘ evaziga sotib olgan.

Fedun davrida "Spartak" bir marta Rossiya Premer ligasida (RPL) chempion bo‘lgan, olti marta RPL kumush medali sohibiga aylangan va bir marta bronza medaliga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, “qizil-oqlar” bir martadan Rossiya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Leonid Fedun prezidentligining 18 yilu 4 oyida “Spartak” atigi uchta sovringa ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, Fedunning moliyaviy holati 2019 yilda 8,7 milliard dollarga baholangan. Biroq uning mablag‘lari Rossiyaning Ukrainaga urushi ortidan keskin kamaygani aytilyapti.

2022-2023 yilgi mavsumda “Spartak” Rossiya chempionatida 6 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ochko to‘pladi va musobaqa jadvalida SSKA bilan birgalikda ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Spartak” Leonid Fedun

Baholaganlar

212

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing