O‘runov “Spartak”dan ketish uchun shart qo‘ydi
Sport
−
13 avgust 2022
4870O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning “Spartak” klubi futbolchisi Oston O‘runov moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishi mumkin. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, O‘runov shartnoma bo‘yicha o‘ziga tegishli maoshni to‘liq olmoqchi. Mablag‘ taxminan ikki million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
Qayd etish kerakki, O‘runovning “Spartak” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Futbolchi Moskva klubiga 2020 yilning yozida “Ufa”dan kelib qo‘shilgan. Uning “Spartak” safiga o‘tishiga ufaliklar jamoasida bosh direktor sifatida ishlagan Shamil Gazizov sababchi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, O‘runov 2021-2022 yilgi mavsumni ijara asosida “Ufa”da o‘tkazgan. Uning “Spartak” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali 21 yoshli futbolchining bozor narxini 700 ming yevroga baholamoqda.