“Spartak”ning sobiq futbolchisi 43 yoshida vafot etdi

Sport

image

Rossiyaning “Spartak” klubi va Latviya terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Rubin 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Sport” nashri xabar qildi.

Sobiq futbolchining o‘limini Latviya futbol federatsiyasi ham tasdiqladi. O‘lim sabablari haqida xabar berilmagan.

Andrey Rubin “Spartak”dan tashqari “Auda”, “Ester”, “Skonto”, “Kristal Pelas”, “Shinnik” va “Metallurg” kabi klublarda o‘ynagan. Shuningdek, marhum Ozarbayjonning “Inter”, “Qorabog‘” va “Simurg” jamoalarida ham to‘p tepgan.

Avvalroq, Moskva klubining yana bir sobiq futbolchisi Aleksandr Kozlov 29 yoshida olamdan o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi Latviya terma jamoasi safida 117 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan. Andrey 2004 yilda Portugaliya yashil maydonlarida o‘tkazilgan Yevropa chempionatida milliy terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Spartak”

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing