Rossiyada o‘smirlar qirg‘izistonlik fuqaroni shafqatsizlarcha pichoqlab tashladi (foto+video)

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasida (Yoqutiston) qirg‘izistonlik 41 yoshli shaxs 2 nafar o‘smir tomonidan pichoqlandi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro ancha oldin boshlangan. O‘smirlar millati qirg‘iz bo‘lgan odamni voqea sodir bo‘lgan kuni do‘pposlab, yuziga qalampir sepishgan.

“Odamlar o‘tib ketsada, hech kim yordam bermadi. Tez yordam chaqirilmadi”, deya eslagan voqeani jabrlanuvchining o‘g‘li.

Keyinchalik hujum qilgan yigitlarning biri mahalliy kollejning birinchi kurs talabasi ekani aniqlangan. Shuningdek, ushbu o‘smir ijtimoiy sahifalarida muntazam pichoq bilan tushgan suratlarini joylab kelgan. Hozirda ikki yigit ham hibsga olingan.

Ma’lum qilinishicha, qirg‘izistonlik erkakda sakkizta jarohat olgani aniqlangan. Uning operatsiyasi besh soat davom etgan. Unga to‘qqiz marta qon quyilgan, mahalliy aholi uning uchun ommaviy ravishda qon topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Yoqutiston qirg'izistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing