Rossiyada urushga olib ketilganlar 318 mingga yetdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari safiga qo‘shilishni xohlovchi ko‘ngillilar oqimi kamaymayapti va safarbar qilinganlar soni allaqachon 318 ming kishiga yetdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 4 noyabr kuni ko‘ngillilar bilan suhbatda ma’lum qildi. 

“Bizda allaqachon 318 000 [safarbar qilingan]. Nega 318 000? Chunki ko‘ngillilar kelayapti. Ko‘ngillilar soni kamaymayapti”, deydi Prezident. Uning tushuntirishicha, bu raqamdan 49 ming nafari armiyada bo‘lib, jangovar topshiriqlarni bajarmoqda, qolganlari esa mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. 

Rossiya rahbari ularning barchasining oilasi, ota-onasi, xotini va farzandlari borligini ta’kidladi.  

“Albatta, davlat ularni qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilmoqda. Lekin yurakdan yurakka o‘tsa, bu eng muhim yordam. Bu eng ishonchli va eng samarali”, deya Putin safarbar qilinganlarning oilalariga yordam ko‘rsatganliklari uchun olqishladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 oktyabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiyada qisman safarbarlik tugatilgani, 300 ming kishi to‘plangani, takroriy safarbarlik rejalashtirilmaganini ma’lum qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin safarbarlik

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing