Rossiyada urushga ketayotgan sudlanuvchilar jazodan ozod qilinadi
Olam
−
24 Sentabr
3928Rossiyada Davlat dumasi deputatlari Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etgani uchun ayblanuvchilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish to‘g‘risidagi qonunni darhol ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Gap nafaqat tergov bosqichida, balki sud jarayonida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishni xohlaydigan yoki safarbar qilingan shaxslarning ishlari bo‘yicha sud ishini safarbarlik davri, harbiy holat va urush davrida to‘xtatib turish va keyinchalik tugatish haqida ketmoqda.
Bu holatda, gap voyaga etmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanganlar haqida ketmayapti.
Rossiya Jinoyat kodeksining 78.1-moddasiga va Rossiya Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, yangi qoidalar sudlanuvchilar bilan ularga nisbatan jinoyat ishi mohiyatan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan va birinchi instansiya yoki apellyatsiya sudida ko‘rib chiqilayotgan bosqichda shartnomalar tuzish imkonini beradi.
LiveBarchasi