Rossiyada urushga borganlarga 1 gektardan yer berish taklif qilindi
Olam
−
09 aprel
10695Rossiyada urushga borgan har bir kishiga 1 gektargacha yerni bepul berish taklif etildi. Bunday qonun loyihasi Davlat Dumasiga Sergey Mironov boshchiligidagi “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” fraksiyasi tomonidan taqdim etildi. Bu haqda bugun, 9 aprel kuni qonun loyihasi bo‘yicha tushuntirish xatiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.
“Ushbu federal qonun loyihasiga muvofiq, Ukraina, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hududlarida (2022 yil 24 fevraldan) “maxsus harbiy operatsiya” davomida topshiriqlarni bajargan jangovar faxriylar orasidan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini davlat yoki munitsipal mulkda bo‘lgan 1 gektardan ortiq bo‘lmagan yer uchastkasidan tekin foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash taklif etilmoqda”, deyiladi hujjatda.
Qayd etilishicha, bunday yer har qanday sub’ektda bir marta berilishi mumkin. Biroq Qrim, federal ahamiyatga ega shaharlar: Moskva, Sankt-Peterburg, Sevastopol; Moskva viloyati, Kaliningrad viloyati, shuningdek, Janubiy federal okrugi, Shimoliy Kavkaz federal okrugi tarkibiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasining ta’sis sub’ektlarida joylashgan yer uchastkalari bundan mustasno.
“Albatta, bular likvid yerlar bo‘lishi kerak. Bir gektar ochiq yerni odamlarning boshiga tashlab bo‘lmaydi, shunda ular kredit olib, o‘z mablag‘lari bilan yerni o‘zlashtirsin. Bu uchastkalar yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yaroqli bo‘lishi kerak, demak, viloyat va shahar hokimiyatlari buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishi talab qilinadi”, deydi Sergey Mironov.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva va boshqa shaharlarda shartnoma asosida harbiy xizmatga borishni xohlovchilar soni sezilarli darajada oshganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi