Rossiyada urush va safarbarlikka qarshi namoyishlar boshlandi. 1,4 ming odam hibsga olindi (fotoreportaj)
Olam
−
22 Sentabr 2022
18315Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qisman harbiy safarbarlik e’lon qilishi ortidan mamlakat bo‘ylab namoyishlar boshlangani haqida xabar bergan edik.
“OVD-Info” inson huquqlari loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, 21 sentyabr kuni Rossiya shaharlarida o‘tkazilgan namoyishlarda 1400 dan ortiq odam hibsga olingan.
Mamlakat bo‘ylab jami 38 ta shaharda namoyishchilar qo‘lga olingan. Eng ko‘p odam Sankt-Peterburg (565 kishi), Moskva (536 kishi) va Yekaterinburg (48 kishi)da qo‘lga olingan.
Samarada politsiya aravachasi va ikki bolasi bor ayolni qo‘lga olgan. Ular namoyishlar o‘tayotgan maydon yaqinida sayr qilib yurgan bo‘lgan.
Moskva va Sankt-Peterburgda politsiya namoyishchilarni yurish paytida, shuningdek, metroda shafqatsizlarcha hibsga olgan. Huquq faollarining xabar berishicha, namoyishchilar va jurnalistlar kaltaklangan.
“Meduza” nashri Rossiyadagi namoyishlarda kuch tuzilmalari xodimlari o‘zini qanday tutgani aks etgan suratlarni jamladi.
Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, unga ko‘ra 300 ming Rossiya fuqarosi jangovar hududga boradi.
Oradan ko‘p o‘tmay Rossiyadagi “Bahor” yoshlar harakati Vladimir Putinning qisman safarbarlik e’lon qilishiga javoban mamlakat bo‘ylab namoyishlar o‘tkazishga chaqirdi.
LiveBarchasi