Rossiyada o‘lim bo‘yicha yangi antirekord qayd etildi
Olam
−
25 noyabr 2020
8062Rossiyada o‘tgan kecha-kunduzda koronavirusga chalinish bo‘yicha 23 ming 675 ta yangi holat qayd etildi.
Yangi aniqlangan holatlarning eng ko‘pi Moskva (4 ming 685 ta), Sankt-Peterburg (3 ming 421 ta) va Moskva viloyatiga (1 ming 5 ta) to‘g‘ri kelgan.
So‘nggi sutkada infeksiyadan vafot etganlar esa 507 nafarni tashkil etgan. Bu sutkalik o‘lim holati bo‘yicha pandemiya boshlanganidan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Avvalgi rekord bir kun oldin qayd etilgan, ya’ni, 491 kishi vafot etgandi.
O‘tgan sutkada yirik shaharlar Sankt-Peterburgda 85 ta, Moskvada 75 ta, Krasnoyarsk o‘lkasida 21 ta, Moskva viloyatida 22 ta, Rostov viloyatida 15 ta o‘lim qayd etildi.
Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 2,16 mln kishi COVID-19’ga chalingan. 37 ming 538 kishi koronavirusdan vafot etgan.
Sog‘ayganlar 1 million 660 ming 419 nafarga yetib, 76,8 foiz ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda Rossiyada 464 ming 546 kishi davolanishni davom ettirmoqda.
LiveBarchasi