Rossiyada o‘g‘irlangan avtomobil O‘zbekistonda to‘xtatildi
Jamiyat
−
23 mart 2019
8959O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari Rossiya Federatsiyasida o‘g‘irlangan avtomobilni boshqarib ketayotgan RF fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
DBQ xodimlari “Navoiy” bojxona postida Toyota Camry avtomobilini boshqarib ketayotgan RF fuqarosining hujjatini tekshirgan. Natijada mashina Rossiya hududida o‘g‘irlanginligini aniqlagan.
Holat yuzasidan DBQ tomonidan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari boshlangan. Shuningdek, avtomobil o‘g‘irlangani va gumonlanuvchi to‘g‘risida Rossiya IIVga tegishli bildirgi yuborilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda avtomobil olib qochganlik uchun 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
LiveBarchasi