Rossiyada Telegram 4 mln rubl jarimaga tortildi

Texnologiya

image

Rossiyada sud Telegram messenjerini mamlakat qurolli kuchlarining Ukraina urushi hududidagi harakatlari to‘g‘risida “feyk ma’lumotlarni” tarqatgan 32 ta kanalni o‘chirib tashlamagani uchun 4 million rubl (47,5 ming dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi

“Telegram Messenger Inc. kompaniyasi Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 13.41-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilib, 4 million rubl miqdorida ma’muriy jarimaga tortilsin”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun Rossiya prokuraturasi talabi bilan Roskomnadzor tomonidan Telegram'ga 32 ta kanal, jumladan, “Ozodlik radiosi”, “Dojd”, “Meduza”, “Kavkaz realii”, “Sibir realii” kabilarni o‘chirish bo‘yicha so‘rov yuborgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyada sud qarorini bajarmagani uchun Telegram messenjeri 1,2 million real (taxminan 237 ming AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortilgandi. Shuningdek, yaqinda Braziliya hukumati tomonidan Telegram'ga egalik qiluvchi kompaniyaga yuborilgan tarmoqdagi neonatsistlar haqida ma’lumot berishni so‘rab jo‘natilgan murojaat javobsiz qolgani sabab mazkur mamlakatda platforma bloklangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Telegram jarima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing