Telegram jarimaga tortildi

Texnologiya

image

Braziliya Oliy sudi sudyasi Aleksandr de Morayes sud qarorini bajarmagani uchun Telegram messenjerini 1,2 million real (taxminan 237 ming AQSH dollari) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “3D News” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Braziliya poytaxtida mamlakat sobiq prezidentining tarafdorlari tomonidan yanvar oyi boshida uyushtirilgan tartibsizliklar bo‘yicha tergov doirasida qabul qilingan sud qarorida Telegram’ga beshta akkauntni blokirovka qilish buyurilgan. Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, ba’zi siyosatchilar va inflyuenserlar (ta’sir ko‘rsatuvchilar) Telegram akkauntlaridan jamiyatda amaldagi hokimiyatga nisbatan nafrat uyg‘otish hamda qonunni buzishga chaqirish maqsadida foydalangan.

Ushbu qarorga qaramay, Telegram kongressmen Nikolas Ferreyraning akkauntini bloklamagan. Sud messenjer ma’muriyatini tergov doirasida qabul qilingan va jarima solish uchun asos bo‘lgan qarorni shubha ostiga qo‘yganlikda ayblagan. 

“Tegishli xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar tomonidan shartlarga qasddan rioya qilmaslik xolisona tergov qilinayotgan jinoyatlarning davom etishi bilan kelishilganligini ko‘rsatadi”, deyiladi sud qarorida.

Manbaga ko‘ra, Telegram sud qarori tasdiqlanganidan keyin besh kun ichida jarimani to‘lashi kerak. Biroq messenjerning rasmiy vakillari haligacha bu masalaga izoh bermagan. 

O‘tgan yilning mart oyida sudya Morayes noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan akkauntlarni bloklashni messenjer qayta-qayta rad etgani uchun Braziliyada Telegram’ni to‘xtatib turishga qaror qilgan edi. Bir necha kundan keyin Telegram qoidabuzarlarning akkauntlarini bloklab qo‘ygach, sudya qarorni bekor qilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Telegram jarima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing