Rossiyada saylov. Putin ovozini o‘zi tanimagan nomzodga berdi

Olam

image

Bugun, 8 sentyabr kuni Rossiyada hududiy hokimiyat organlari uchun saylovlar o‘tkazilyapti. Turli darajadagi saylovlar mamlakatning 85 ta mintaqasida bo‘lib o‘tyapti.

16 sub’ektda to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov orqali gubernatorlar saylanadi, 22 ta mintaqa markazlarida – shahar dumasi va yana uchtasida munitsipial tuzilma rahbari saylanadi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Fanlar akademiyasida joylashgan saylov komissiyasiga kelib, Moskva shahar dumasi uchun saylovlarda ovoz berdi. Rossiya yetakchisi bu uchastkadan birinchi marta saylayotgani yo‘q.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, shaxsan u o‘z ovozini bergan nomzodni tanimaydi, biroq uni yaxshi, tartibli inson ekaniga umid qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur saylovlarda erkin nomzodlarning ro‘yxatga olinmasligi ortidan Moskvada bir necha marta yirik namoyishlar o‘tkazildi. Ularda yuzlab odam hibsga olinib, ko‘plar jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya saylov

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing