Rossiyada saylov komissiyalari ishiga to‘sqinlik qilish bo‘yicha 15 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Olam

image

Prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tayotgan Rossiyada so‘nggi 24 soat ichida saylov komissiyalari ishiga to‘sqinlik qilish bo‘yicha kamida 15 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarning saylov uchastkalarida o‘t ochishga, saylov qutilarini “zelyonka”, yod va siyoh bilan to‘ldirishga urinishlari yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Moskvada ikkita, Voronej viloyatida uchta va Sankt-Peterburg, Velikiy Novgorod, Ivanovo, Rostov va Volgograd viloyatlari, Krasnodar va Krasnoyarsk o‘lkalari, Xanti-Mansiyskiy avtonom okrugi Karachay-Cherkesiya, Qrimda bittadan jinoiy ish ochilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada prezidentlik saylovlarida asosiy ovoz berish 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Yangi saylangan Prezident bu lavozimda 6 yil ishlaydi. Saylanish imkoniyati juda yuqori deb hisoblangan Putin yana ovoz berishda g‘alaba qozonsa, 5-marta Rossiya Prezidenti bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Putin rossiyaliklarni prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga chaqirgandi. Rossiya qamoqxonasida vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya G‘arb davlatlarini Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmaslikka va Vladimir Putinni Rossiyaning beshinchi muddatga saylanadigan Prezidenti sifatida qabul qilmaslikka chaqirdi. AQSH va Yaponiya bosib olingan Ukraina hududlarida o‘tkazilayotgan saylov natijalarini tan olmasligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing