Rossiyada saylov kampaniyasi raqobatbardosh bo‘lishi kerak – Putin

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasida 2024 yilgi saylovlar oldidan saylov kampaniyasini raqobat asosida o‘tkazish muhimligini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbari Kremlda Davlat dumasi rahbariyati va fraksiyalar boshliqlari bilan uchrashuvda gapirib o‘tdi.

"Hamma narsa raqobat asosida va Rossiya Federatsiyasi qonunlariga to‘liq rioya qilingan holda bo‘lishi kerak", degan Putin.

U fraksiyalarning rejalarini muhokama qilishni va mamlakat oldida turgan muammolarni hal etishda nimalarga ustuvor ahamiyat berish haqida bosh qotirishni taklif qildi.

“Bugungi sharoitda nima ustuvor degan savolga birgalikda javob topishga harakat qilaylik”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident.

Ma’lumot o‘rnida, Federatsiya Kengashi saylovlarni 2024 yil 17 martga belgilagan. RF Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishni uch kun – 15, 16 va 17 mart kunlari davom ettirishga qaror qildi. Shunday qilib, bu Rossiya Federatsiyasida birinchi uch kunlik prezidentlik saylovi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi ekani haqida ma’lumot bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin saylov kampaniyasi RF Markaziy saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made