Rossiyada Putin Gitlerga o‘xshatilgan memlar taqiqlandi

Olam

image

Rossiyaning Omsk shahri Kirov tuman sudi Prezident Vladimir Putinni Adolf Gitler bilan solishtiruvchi foto va memlar joylashtirilgan 12 ta internet sahifasini Rossiyada taqiqlangan deb topdi. Bu haqda “Vyorstka” nashri xabar berdi.  

Rasmlarni taqiqlashni Omsk prokuraturasi xodimlari talab qilgan. Ularning fikricha, ushbu tasvirlar “jamiyat va davlat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, noaniq shaxslar doirasini terroristik faoliyat va jinoyatlarga undaydi”.

“Tasvirlar jamiyat va davlat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aniq bo‘lmagan doiradagina shaxslarni terrorchilik faoliyati, jinoyatlar sodir etishga undashi va ularning sodir etilishini rag‘batlantirishi, bu esa o‘z navbatida inson va fuqaroning, jumladan, nogiron yoshdagi shaxslarning huquq va erkinliklarining hamda davlat xavfsizligining buzilishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Taqiq ostiga Putinning rasmiga Gitlernikidek mo‘ylov va soch turmagi fotomontaj qilingan suratlar tushgan. Shuningdek, Pavel Derevyanko ishtirok etgan “Gitler kaput!” filmidan olingan tasvirlar va “Putler kaput” yozuvi tushirilgan suratlar ham senzura nishoniga aylangan. Masalan, sud Ilya Varlamov tomonidan olingan va “Putler, zahar ich, seni o‘q bilan mehmon qilishmaguncha” degan plakatni ushlab turgan ayol aks etgan suratni ham taqiqlagan.

Bundan tashqari, quyidagi sahifalar ham cheklovga uchragan: “Stihi.ru” saytidagi “Rossiyani sharmandalikdan qanday qutqarish mumkin” degan yozuv aks etgan rasm. Shuningdek, “LiveJournal” sahifasi, unda Putin aks ettirilgan va “Krokodil” jurnalining muqovasiga o‘xshatib tayyorlangan surat bor. Unda “Sudda ish mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqilmoqda. Mavjudot aybsizligini aytdi” degan yozuv bor.

Eslatib o‘tmiz, avvalroq Fransiyada mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron va uning turmush o‘rtog‘i Brijit Makron memlar qahramoniga aylangan edi. Bunga Vetnamga safar chog‘ida Emmanuel Makronning turmush o‘rtog‘idan tarsaki yegani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Adol'f Gitler mem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing