Voyaga yetmagan jiyanini zo‘rlagan erkak 16 yilga qamaldi
Jamiyat
−
01 noyabr 2019
12094Samarqandda mastlikda voyaga yetmagan jiyanini zo‘rlagan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.
Sudlanuvchi A.B. (ism-familiyalar shartli) spirtli ichimlik iste’mol qilib, mastlik holatida joriy yilning 1 fevral kuni soat 17:40 larda 2010 yil 2 dekabrda tug‘ilgan, voyaga yetmagan S.V.ni o‘zining yashash uyiga olib borib, pichoq bilan o‘ldirish bilan qo‘rqitib, zo‘rlagan.
Bundan tashqari, A.B. o‘zining jinoiy xarakatlarini davom ettirib, 2019 yil 7 mart kuni soat 16:15 larda yashash uyiga voyaga yetmagan jiyani S.V.ni bolta bilan o‘ldirish bilan qo‘rqitgan va uning ojizligidan foydalangan.
Sudning hukmi bilan A.B.ga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda jazoni o‘tash joylarida surunkali alkogolizm xastaligidan majburiy davolanish chorasi belgilandi.
LiveBarchasi