Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
10:17
1101Joriy yilning 22 yanvar kuni ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik voyaga yetmagan bola Rossiya IIV Samara viloyati Bosh boshqarmasi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari kuzatuvida Toshkent shahriga yetib keldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bola Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirilgan. U 2023 yilda onasi bilan Rossiyaga mehnat migratsiyasiga borgan. Reyd davomida Rossiya hududida turish qoidalarini buzganlik sabab O‘zbekistonga yuborilgan.
Bildirishicha, ota-onaning qayerdaligi noma’lum. Hozirda "Inson” ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi bolani muqobil joylashtirish choralarini ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada bolalar uyidan qochgan 15 yoshli o‘zbekistonlik bola buvisi hamrohligida O‘zbekistonga qaytarilgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi