Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Bugun, 27 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi hududida ota-onasining qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmaganlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilgan xizmat safari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari hamkorligida 14 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekiston Respublikasiga olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolalar Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali O‘zbekistonga yetib kelgan. Ular belgilangan tartibda vaqtincha Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Zarur hujjatlashtirish va tegishli tartib-taomillar yakunlangach, 13 nafar bola belgilangan tartibda ularni kutib olish uchun kelgan ota-onalariga topshirilgan. Yana 1 nafar bola esa markaz xodimlari hamrohligida Andijon shahriga yuborilib, belgilangan tartibda onasiga topshiriladi.

Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy hamrohlik ishlari ularning keyingi yashash manzili bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya voyaga etmaganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing