Rossiyada oilaviy zo‘ravonlikka uchragan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Olam

image

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning voyaga yetmagan farzandlariga O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan  amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi M.T. Yekaterinburg shahrida vaqtincha yashayotgan qizi va uning bolalarini turmush o‘rtog‘ining zulmidan ozod qilish va doimiy yashash manziliga yetib olishiga amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur oila 2024 yil yanvar oyida Yekaterinburg shahriga ishlash maqsadida borgan. Oiladagi kelishmovchiliklar, doimiy tazyiq va urush-janjal ayolga jiddiy ruhiy ta’sir ko‘rsatgan. Bosh konsulxona xodimlari ushbu oila yashayotgan xonadonda bo‘lib, mavjud holat bilan yaqindan tanishgan.

Shundan so‘ng, ayol va uning bolalari vaqtincha uy-joy bilan ta’minlangan. Ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yaroqsiz holga kelgani va moliyaviy qiyin ahvolda qolgani uchun vatanga qaytish guvohnomasi hech qanday to‘lovlar undirilmasdan rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Yekaterinburg-Samarqand aviaqatnoviga chipta xarid qilib berilgan.

Bildirilishicha, ular 8 aprel kuni Yekaterinburg shahridagi “Kolsovo” xalqaro aeroportidan Samarqand viloyatiga kuzatib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 9 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya oilaviy zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing