Rossiyada odamlarni safarbarlikdan olib qolishga va’da qilgan o‘zbekistonlik ushlandi (video)
Olam
−
24 iyun
11682Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida O‘zbekiston fuqarosi firibgarlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 47 yoshli o‘zbekistonlik erkak o‘zini Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining yuqori martabali xodimi sifatida ko‘rsatib, odamlarni safarbarlikdan olib qolishga yordam berishni va’da qilgan hamda ulardan pul undirgan.
Ayblanuvchi Rossiya Ichki ishlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasining Ixtisoslashtirilgan ijro etuvchi markazi xodimlarining viloyat shtab-kvartirasi bilan hamkorligida qo‘lga olingan.
Aniqlanishicha, erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan. Shuningdek, u bir necha bor moddiy jinoyatlarda ham ayblanib sudlangan. Ayni paytda esa u Rossiyada noqonuniy yashab kelgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi (Firibgarlik) va 327-moddasi (Soxta hujjatlar, davlat mukofotlari, shtamplar, muhrlar yoki blankalarni qalbakilashtirish, tayyorlash yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi