Rossiyada nosvoyni narkotiklar qatoriga qo‘shish taklif etildi

Olam

image

Rossiya Davlat Dumasi deputati Sultan Hamzayev nosvoyni giyohvand vositalar reyestriga qo‘shishni taklif qildi.

“Maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida tarqaladigan, giyohvandlik va o‘limga olib keladigan nosvoy kabi xavfli nikotinli modda Rossiya Federatsiyasining giyohvand moddalar reyestriga kiritilishi kerak”, deyiladi Hamzayevning Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevga yo‘llagan maktubida.

Deputat Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevga yo‘llagan maktubida nosvoy savdosi “yoshlar o‘rtasida zaharlanish, o‘lim, turli ko‘rinishdagi qaramlik, giyohvandlik kabi og‘ir holatlarga olib kelishini” qayd etgan.

Deputat bunday moddalarning maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida tarqatilishini ham xavfli deb atagan. Hamzayev vazirlikka “nosvoy mahsulotini Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritish” bo‘yicha qo‘shma tashabbus ishlab chiqishni taklif qilmoqda.

“Nosvoy ko‘p yillardan buyon O‘rta Osiyo uchun an’anaviy chekilmaydigan tamaki mahsuloti sifatida o‘z o‘rniga ega. Nosvoyning asosiy tarkibiy qismlari tamaki va ishqor hisoblanadi. Biroq so‘nggi paytlarda nosvoy giyohvandlik vositalarining yangi turidan boshqa narsa emas, turli xil kimyoviy reagentlar, shu jumladan yelim, gashish (nasha) va boshqa narkotik prekursorlarni o‘z ichiga oladi”, deyiladi murojaatda.

Parlament a’zosi vazirlikdan vaziyatni nazoratga olishni va IIVning hududiy boshqarmalariga “nosvoy” nomi bilan mashhur bo‘lgan “chekilmaydigan tamaki mahsulotlari” tarqalishiga chek qo‘yish choralarini ko‘rishni so‘ragan.

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, nosvoyni mamlakat hududiga olib kirish uchun oddiy tamaki mahsulotlarini olib kirish bilan bir xil talablar o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

nosvoy

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing