Qirg‘izistonda nosvoy taqiqlanadi

Olam

image

Qirg‘iziston hukumati 2040 yilgacha mo‘ljallangan demografik siyosat konsepsiyasi doirasida tamaki va alkogol mahsulotlari aylanmasiga nisbatan qat’iy cheklovlarni tasdiqladi.

Yangi tartiblarga ko‘ra, mamlakatda nosvoy ishlab chiqarish va tarqatish to‘liq taqiqlanadi. Shuningdek, alkogolli ichimliklar va sigaretalarni xarid qilish uchun minimal yosh chegarasini 20–21 yoshgacha oshirish rejalashtirilgan.

Rasmiy hujjatlarda qayd etilishicha, zararli mahsulotlarni sotish kanallari ham sezilarli darajada qisqartiriladi. Xususan, alkogol va tamaki mahsulotlarini tungi vaqtda hamda internet-do‘konlar orqali sotishga taqiq joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, hukumat aksiz soliqlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu esa mazkur mahsulotlar narxining chakana bozorda qimmatlashishiga olib keladi.

Konsepsiyada voyaga yetmaganlarni himoya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bolalar va o‘smirlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar reklamasi ustidan nazorat kuchaytiriladi va qo‘shimcha cheklovlar joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston nosvoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing