Rossiyada narkotik moddalar sotishda ayblangan o‘zbekistonlik yigit 11 yilga qamaldi
3-sahifa
−
11 dekabr 2024
4468Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosiga hukm o‘qildi. Bu haqda viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ish materiallariga ko‘ra, 2024 yilda 21 yoshli sudlanuvchi noma’lum shaxs bilan til biriktirgan. U Chelyabinskda giyohvand moddalar omborini joylashtirgan. Tez orada huquq-tartibot xodimlari yigitni hibsga olgan.
O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonlik narkokurer yirik partiyadagi giyohvand moddalarni O‘zbekistonga olib o‘tayotganda qo‘lga olingandi. Undan umumiy qiymati 6,5 million so‘m bo‘lgan 15 kg gashish musodara qilingan. Shuningdek, jinoiy guruh Tojikiston – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro narkotik kanalini tashkil etgani aniqlangan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar