Rossiyada mushtlashgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani, unda O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ishtirok etgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Moskva shahri Tagilsk ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida yuz bergan mushtlashuvda chindan ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Qurilish materiallari noto‘g‘ri taqsimoti sababli "Everest" korxonasi ishchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Janjalda qatnashganlar RF Ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. Ularning 10 nafari O‘zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi. 

"Ushbu hodisa oqibatida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan va tibbiy yordamga murojaat qilmagan. Qo‘lga olinganlarga bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy jarimalar tayinlangan", deyiladi munosabatda.

Agentlik Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklardan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilishi hamda boshqa davlat fuqarolari bilan o‘zaro hurmatda bo‘lishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada migrantlarning hibsga olinishini normal holat deb atagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing