Rossiyada migratsiya sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchayadi

Olam

image

Rossiya hukumati Davlat Dumasiga migratsiya sohasida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlik, shu jumladan migratsiya organlarida soxta ro‘yxatga olish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Rossiya Federatsiyasi hukumati migratsiya sohasida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirish, shu jumladan migratsiyani soxta ro‘yxatga olish bilan bog‘liq masalalar uchun qonun loyihasi ishlab chiqmoqda. Ular belgilangan tartibda Davlat Dumasiga kiritiladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun,  Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi 1 dekabrdan boshlab Rossiyaga kirish uchun chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan biometrik ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha sinov loyihasi ishga tushirishni taklif qilgan. Mamlakat Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov esa Rossiya fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning bolalari uchun bog‘cha va maktablarda bepul ta’lim olishni bekor qiluvchi qonun loyihasini ishlab chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva viloyatida 2025 yilning yanvaridan boshlab xorijliklarning sport, madaniyat, hordiq chiqarish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida patent bo‘yicha ishlashi taqiqlanishi, shu bilan birga mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan migrantlar uchun transport vositalarini boshqarish, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatga olish, nikoh tuzish va bekor qilish, bolalarni bog‘cha va maktablarga ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi mumkinligi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya javobgarlik migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing