Rossiyada migrantlarga oila qurish va ajrashish taqiqlanadi
Olam
−
19 Sentabr
8342Rossiya hozirda mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan xorijliklarning reyestrini tuzmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy “Kommersant” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Gorovoyning so‘zlariga ko‘ra, bu reyestrga kiritilganidan keyin migrantlar transport vositalarini boshqarish, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatga olish, nikoh tuzish va bekor qilish, bolalarni bog‘cha va maktablarga ro‘yxatdan o‘tkazish imkonidan foydalana olmaydi.
Vazir o‘rinbosari mazkur loyihani amalga oshirish doirasidagi asosiy vazifalar qatorida yuqorida qayd etilgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan idoralararo elektron hamkorlik qilinishini belgilab bergan.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi va ichki ishlar organlarining texnik xizmatlaridan ham umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva viloyatida 2025 yilning yanvaridan boshlab xorijliklarning sport, madaniyat, hordiq chiqarish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida patent bo‘yicha ishlashi taqiqlanishi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi