Moskvada migrantlarga sotuvchi bo‘lib ishlash taqiqlanadi
Olam
−
18 Sentabr
3999Rossiyaning Moskva viloyatida 2025 yilning yanvaridan boshlab xorijliklarning sport, madaniyat, hordiq chiqarish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida patent bo‘yicha ishlashi taqiqlanadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, rejalashtirilgan o‘zgarishlar gubernator Andrey Vorobyovning shahar tumanlari rahbarlari bilan uchrashuvida muhokama qilingan. Viloyat hukumati raisining o‘rinbosari Natalya Maslenkinaning aytishicha, uch yil ichida migrantlarning savdo sohasida ishlayotganidan shikoyatlar sezilarli darajada oshgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taqiq joriy qilinganidan keyin almashtiriladigan patent egalari soni 5,6 ming kishini tashkil qiladi.
“Biz patentlar ustida ishlashni to‘liq taqiqlagan 22 ta hududga qo‘shilishni istaymiz. Bundan tashqari, men statsionar bo‘lmagan savdo ob’ektlarida, ijtimoiy sohalarda: sport, ish, dam olish, shuningdek, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va ta’lim sohasida, ko‘cha taomlari sohasida patent bo‘yicha migrantlarning ishini cheklashni taklif qilmoqchiman. Bu yerda tilni sifatli bilish eng muhimi, chunki bu aholi bilan ishlashni anglatadi. Qolaversa, bu chora yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojarolarni minimallashtirishga yordam beradi”, deydi u.
Ma’lum qilinishicha, har bir chet el fuqarosi Rossiyada ishlash uchun maxsus patent olishi kerak. Uning yo‘qligi uchun migrant ham, uni ishlatgan tashkilot ham javobgar bo‘ladi. Qoidabuzarlik uchun chet el fuqarosi 45-50 ming rubl, yuridik shaxs 800 ming rubldan 1 million rublgacha jarimaga tortiladi yoki 14 kundan 90 kungacha bo‘lgan muddatga faoliyati to‘xtatiladi.
LiveBarchasi