Rossiyaga kirayotgan migrantlarning barmoq izlarini olish boshlanishi mumkin
Olam
−
30 avgust
36741 dekabrdan boshlab Rossiyaga kirish uchun chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan biometrik ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha sinov loyihasi ishga tushirilishi mumkin. Bu haqdagi qonun loyihasi Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan taklif qilindi.
Qayd etilishicha, tajriba ikki bosqichda o‘tkaziladi. Avvaliga bir nechta nazorat-o‘tkazish punktlarida – Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo, Jukovskiy aeroportlarida, shuningdek, Orenburg viloyatidagi Mashtakovo avtomobil nazorat-o‘tkazish punktida chegarani kesib o‘tayotgan xorijliklar biometrik ma’lumotlari olinadi. Ikkinchi bosqich barcha sayyohlarga taalluqlidir va 2025 yil 30 iyundan 2026 yil 30 iyungacha davom etadi.
Taklifga ko‘ra, Rossiyaga vizasiz kirish uchun barcha chet elliklar maxsus arizada biometrik ma’lumotlarni oldindan topshirishlari va tashrif maqsadi haqidagi ma’lumotlarini taqdim qilishi kerak. Shuningdek, viza rejimida Rossiyaga boradiganlar sayohat hujjatlarini, shu jumladan fotosurat bilan ariza shaklini berishi zarur.
Bildirilishicha, o‘zgartirishlar Belarus fuqarolariga, olti yoshga to‘lmagan bolalarga, diplomatlarga, diplomatik vakolatxonalar va konsullik xodimlariga, Rossiyada akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar va ularning vakolatxonalari xodimlariga taalluqli emas. Agar tajriba muvaffaqiyatli deb topilsa, bu qoidalar doimiy bo‘lib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada migrantlar bilan bog‘liq ma’lumotlar bazasi kengaytirilishi mumkinligi xabar qilingan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr