Rossiyada migrantlarning hibsga olinishi normal holat – Qozog‘iston TIV
Olam
−
02 aprel
8619Rossiya Federatsiyasida migrantlarning hibsga olinishi va tekshirilishi normal holdir. Bu haqda Qozog‘iston TIV rasmiy vakili Oybek Smadiyarov so‘z ochdi.
Smadiyarovning aytishicha, migrantlarning hibsga olinishi va ularning hujjatlari qattiq tekshirilishi terakt bo‘lgan mamlakatda tabiiy holat.
“Hududida bunday dahshatli jinoyat, yirik terakt sodir bo‘lgan har qanday davlat o‘z-o‘zidan xavfsizlik choralarini ko‘radi. Shu bois, kimdir hibsga olingani, tekshirilgani haqidagi xabarlar tarqalishi tabiiy”, degan rasmiy vakil.
Shu bilan birga, Qozog‘istonliklarning hozir Rossiyaga borishi xavfsizmi, degan savolga Oybek Smadiyarov, “ayni paytda qo‘shni davlat bilan chegara ochiq”ligiga ishora qilgan.
“Albatta, fuqarolar o‘zlari bilan kerakli hujjatlarini olishi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Ma’lumot uchun, Tashqi ishlar vazirligi vakilining aniqlik kiritishicha, ayni paytda Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl"da sodir etilgan teraktda Qozog‘iston fuqarolaridan jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kecha 1 aprel kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida terrorchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirgan shaxs ushlangandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi