Rossiyada migrantlarni fuqarolikdan mahrum etish asoslari ko‘paytirilyapti

Olam

image

Rossiyada migrantlarni fuqarolikdan mahrum etish asoslari kengaytiriladi. Tegishli qonun loyihasi Davlat Dumasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda Quyi palata raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiya fuqaroligini bekor qilish mamlakat Jinoyat kodeksining 64-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar, jumladan, banditizm, narkotik va qurol-aslaha savdosi, jinoiy uyushma tuzish, josuslik, davlatga xiyonat qilish, davlat sirini oshkor qilish uchun qo‘llanilishi mumkin.

Endilikda ushbu ro‘yxatga yana 8 ta asosni qo‘shish taklif etilmoqda:

  • zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinsiy harakatlar sodir etish;
  • terrorchilik faoliyatiga ochiq chaqiriqlar, terrorizmni oqlash yoki targ‘ib qilish;
  • Rossiya xavfsizligiga qarshi yo‘naltirilgan faoliyatda dushmanga yordam ko‘rsatish;
  • natsistlar atributlari yoki ramzlarini targ‘ib qilish;
  • chet davlat, xalqaro yoki chet el tashkiloti bilan maxfiy hamkorlik orqali Rossiya xavfsizligiga tahdid solish;
  • Rossiya a’zo bo‘lmagan xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlat idoralari qarorlarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • davlat xavfsizligiga qarshi faoliyatga ochiq chaqiriqlar;
  • Rossiya Federatsiyasining muhim axborot infratuzilmasiga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish.

Volodinning aytishicha, qonun loyihasi bo‘yicha ishlarni ustuvor tartibda yakunlash va iyul oyi oxirigacha uni to‘liq qabul qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada joriy yilning sentyabridan boshlab migrantlar uchun yettita yangi davlat boji joriy etilishi mumkinligi xabar qilingan edi. Qonun loyihasiga ko‘ra, boshqa mamlakat fuqarolari yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga turish uchun 500 rubl to‘lashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, vaqtinchalik yashash muddatini uzaytirish uchun 1 ming rubl, ishga ruxsatnoma olish uchun esa 4,2 ming rubl miqdorida boj undiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

migrantlar Rossiya fuqaroligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing