Rossiyada migrantlarga qo‘shimcha bojlar joriy etiladi
Olam
−
14 iyul 13855 2 daqiqa
Rossiya Davlat Dumasida bu hafta migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etishga oid qonun loyihalari ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Duma raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Yangi tartibga ko‘ra, chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga patent berish yoki uni qayta rasmiylashtirish uchun 4200 rubl, mehnat ruxsatnomasini uzaytirish uchun yana 4200 rubl, patent yoki ruxsatnoma nusxasini berish va unga o‘zgartirish kiritish uchun esa 2100 rubl boj to‘lash taklif qilinmoqda.
Volodinning aytishicha, chet el fuqarolarining aksariyati Rossiyaga pul topish uchun keladi. Vizasiz mamlakatlardan kelganlar oylik narxi o‘rtacha 8–10 ming rubl bo‘lgan patent oladi, u maksimal bir yil amal qiladi. Keyin esa uni yangilash kerak bo‘ladi. Vizali davlatlardan kelganlar esa mehnat ruxsatnomasini rasmiylashtiradi.
Shuningdek, boshqa bir qator davlat bojlari ham joriy etilishi yoki oshirilishi rejalashtirilmoqda – masalan, migrantlarni yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga olish, vaqtinchalik yashash muddati uzaytirilganda hamda avtomobil va boshqa transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi harakatlar uchun.
Volodin bu choralar byudjet tushumlarini ko‘paytiradi, migrantlar ustidan nazoratni kuchaytiradi va noqonuniy migratsiyani kamaytirishga xizmat qiladi, deb ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada migrantlarni fuqarolikdan mahrum etish asoslari kengaytirilgani haqida xabar berilgandi. Tegishli qonun loyihasi Davlat Dumasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.
Live
Barchasi