Rossiyada migrantlar uchun daromad solig‘i kamaytiriladi
Olam
−
29 yanvar 2020
6679Rossiyada mehnat migrantlari uchun daromad solig‘ini 30 foizdan 13 foizgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya Federatsiyasi norezidentlarining mehnat faoliyati daromadidan olinadigan daromad solig‘ini 30 foizdan 13 foizgacha kamaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va tegishli idoralarga kelishish uchun taqdim etildi.
“Qonun loyihasiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi soliq kodeksining 224-moddasiga o‘zgartirish kiritish va mehnat faoliyatini amalga oshiryotgan norezidentlardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 13 foiz miqdorida belgilash, ya’ni Rossiya fuqarolari uchun o‘rnatilgan stavkaga tenglashtirish ko‘zda tutilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Xabarga ko‘ra, agar ushbu qonun loyihasi tasdiqlansa, norezidentlarning mehnat faoliyatidan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar toifasidan qat’i nazar, 13 foiz stavkada belgilanadi va yangi tartib 2021 yildan boshlab joriy etiladi.
LiveBarchasi