Rossiyada migrantlar soni kamaygani ma’lum qilindi 

Olam

image

Ayni paytda Rossiyadagi migrantlar soni deyarli 6 millionni tashkil qilmoqda. Bu oldingi yillarga nisbatan sezilarli darajada kam hisoblanadi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berilgan.

"Har yili Rossiyaga 9 mlndan 11 mlngacha xorijlik fuqarolar keladi. Bu yilda ularning soni asta-sekin kamayib bormoqda. Hozirgi paytda ularning soni taxminan 6 million kishini tashkil etadi", deyilgan xabarda.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi xorijliklarning asosiy qismini yirik shaharlar va iqtisodiy markazlardagi mehnat muhojirlari tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Rossiyada 1,3 million xorij fuqarosi patent asosida ishlamoqda, yana 85 ming kishida ishlashga ruxsatnoma bor. 

Shuningdek, bir million kishiga vaqtinchalik yashash yoki yashash uchun ruxsatnoma berilgan.

Avvalroq, Rossiya Qurilish vazirligi va uy-joy xo‘jaligi davlat korporatsiyasi mehnat muhojirlarining mamlakatga kirib, qurilishlarda ishlashini osonlashtirish uchun loyiha ishlab chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

330

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing