Rossiyada Mi-8 vertolyoti quladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Chukotka viloyatida Mi-8 vertolyoti Anadir aeroportiga qo‘nish vaqtida qulab tushdi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.

“Vertolyot nazorat parvozini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. U qo‘nish vaqtida 15 metr balandlikdan qulagan. Ichkaridagi to‘rt kishining barchasi halok bo‘lgan“, deydi Chukotka hukumati vakili.

Voqea sodir bo‘lganidan keyin voqea joyida yong‘in chiqqan. Hozirda yong‘in o‘t o‘chirish xizmati tomonidan bartaraf etilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, vertolyot halokatiga keskin qo‘nish sabab bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Mi-8 ning “qora quti“si allaqachon topilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Pokistonda Airbus-A320 samolyoti aholi turar joy hududiga qulab tushgani haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

Mi-8 Vertolyot halokati

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing