Yoqutistonda bo‘ron 2 ta Mi-8 vertolyotining parraklarini sindirib yubordi
Olam
−
28 yanvar 4687 1 daqiqa
Kecha, 27 yanvar kuni Yoqutistonning Bulun tumanidagi Tiksi aeroportida bo‘ron tufayli Polar Airlines aviakompaniyasiga qarashli ikkita Mi-8 vertolyotining parraklari sinib ketdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aeroportda esgan shamol sekundiga 40 metrdan ortiqni tashkil qilgan. Shamol kuchayishi tufayli vertolyotlarning rotor qanotlari shikastlangan.
Federal havo transporti agentligining hududiy boshqarmasi tekshirishni boshlagan. Mi-8 vertolyotiga yetkazilgan zararni baholash va qayta tiklash uchun aviatsiya muhandislik xizmati mutaxassislari guruhi tuzildi. Qulay ob-havo sharoiti yuzaga kelganda, guruh kerakli protseduralarni bajarish uchun Tiksiga uchadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Magadan viloyatida Mi-8 vertolyoti halokatga uchragandi. Bortda jami 20 kishi, jumladan uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ikki kishi halok bo‘lgan, qolganlarning taqdiri noma’lum. Federal havo transporti agentligi aviahalokatda bir kishi halok bo‘lgani, ikki kishi jarohatlanganini bildirgan.