Pokistonda vertolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor
Olam
−
28 Sentabr
1959Pokistonda Mi-8 vertolyoti qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi va 8 kishi og‘ir jarohat oldi. Bu haqda “Geo” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida 14 yo‘lovchini olib ketayotgan vertolyot halokati oqibatida kamida 6 kishi qurbon bo‘ldi va 8 kishi og‘ir jarohat oldi. Mi-8 vertolyoti "Mari Petroleum Limited" kompaniyasiga tegishli bo‘lib, texnik nosozlik tufayli qulab tushgan.
Qayd etilishicha, vertolyot shaxsiy transport xizmati ko‘rsatayotgan vaqtda neft konlaridan biri yaqinida qulab tushgan. Halokatga texnik muammo sabab bo‘lgan va vertolyot favqulodda qo‘nishga urinish vaqtida orqa vinti yerga tekkanidan so‘ng halokatga uchragan. Qurbonlar orasida uch nafar rus uchuvchisi ham borligi aytilmoqda.
“Hozirda Pokiston armiyasi va boshqa qutqaruvchilar yordam ishlarini olib bormoqda hamda jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Amur viloyatida g‘oyib bo‘lgan Robinson vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr