Rossiyada majburiy ishlatilgan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytarildi

Jamiyat

image

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi yog‘ochni qayta ishlash korxonasida mehnat sharoitlarisiz va sovuqda olti oy majburiy ishlatilgan O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi migratsiya agentligi xabar berdi.

Farg‘onalik T.P. va X.M. 2020 yil noyabr oyida tanishi tomonidan Rossiyaga ishga chaqirilgan. U oltin oy davomida yog‘ochni qayta ishlash korxonasida majburan ishlatilgan. Natijada uning o‘ng qo‘l barmog‘ini sovuq urushi oqibatida implantatsiya qilingan.

Fuqarolar www.birgamiz.com elektron platformasi orqali yordam so‘rab, murojaat yo‘llashgan.

Samarqandlik F.M oilasidagi moliyaviy qiyinchilik sabab Rossiyaning Tomsk shahriga qurilish ob’ektida ishlash uchun borgan. Ish jarayonida baxtsiz hodisa sabab balandlikdan yiqilib, ikki oyog‘i shikastlangan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ushbu fuqarolar bilan aloqa o‘rnatilib, 25 iyun kuni Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Irkutsk-Farg‘ona, Tomsk-Novosibirsk-Samarqand yo‘nalishida O‘zbekistonga qaytarildi.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing