Rossiyada Lacetti halokatga uchradi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kecha, 16 mart kuni Rossiyaning Novgorod viloyati Valday tumanida davlat raqami Surxondaryo viloyatiga tegishli bo‘lgan Chevrolet Lacetti avtomobili halokatli yo‘l transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda Novgorod viloyati yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 14:00da “Rossiya” shossesining 400-kilometrida Chevrolet Lacetti avtomashinasining 34 yoshli haydovchisi xavfsiz masofani saqlay olmay, oldidagi 25 yoshli haydovchi boshqarayotgan Volkswagen Jetta'ga kelib urilgan. Zarba oqibatida Lacetti qarshi bo‘lakka chiqib ketgan va yarim tirkamasi bo‘lgan DAF yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Lacetti haydovchisi va 23 yoshli yo‘lovchisi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

“Hodisa joyida Novgorod viloyati Davlat avtoinspeksiyasi xodimlari ishlamoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda sodir bo‘lgan voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda. Vafot etganlarning shaxshi ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Lacetti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing