Rossiyada koronavirusning “gamma” shtammi aniqlandi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyada koronavirusning “brazilcha” — “gamma” shtammi aniqlandi. Aytilishicha, u koronavirusning “hindcha” — “delta” shtammi singari boshqa turlarga qaraganda yuqumliroq. Bu haqda “Vektor” tadqiqot markaziga asoslanib xabar berilgan.  

“Rossiya Federatsiyasi hududida “delta” varianti keng tarqalmoqda, “gamma” varianti esa kamdan-kam holatlarda aniqlandi”, deyilgan markaz xabarida. 

Ta’kidlanishicha, “gamma” va “delta” shtammlari “xavotirga soluvchi” toifaga kiritilgan, chunki ular yuqumliroq va antitanalarning ta’sirini kamaytirishi mumkin. 

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti molekulyar biologi va ilmiy xodimi Sergey Xaritonovning so‘zlariga ko‘ra, “delta” shtammi xavf guruhlari orasida juda faol tarqalmoqda. Qayd etilishicha, emlanganlar yoki koronavirus bilan kasallanganlar bu shtammdan vafot etmaydi. Ammo keksalar, immuniteti past bo‘lgan, og‘ir kasalliklarga chalingan odamlar koronavirusning bunday turidan tez-tez vafot etadi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 5,96 mlnga yetgan. 148 mingdan ko‘p bemor kasallikdan vafot etgan. 

Avvalroq, Rossiya aniqlangan koronavirus holatlari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgani haqida xabar bergandik.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing