Rossiyada koronavirusni davolaydigan yana bir dori ro‘yxatdan o‘tkazildi
Salomatlik
−
06 iyun 2020
10011Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19 kasalligini davolash uchun yana bir dorini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Levilimab" dori vositasi (savdo nomi "Ilsira") ro‘yxatga olish guvohnomasini olingan. Dori kasallikning og‘ir bosqichida qo‘llanish uchun mo‘ljallangani aytilmoqda.
"Dori sitokin bo‘roni deb ataladigan kasallikning og‘ir bosqichida bo‘lgan bemorlar uchun qo‘llaniladi. Bu vaqtda virus organizmda haddan tashqari yallig‘lanish reaksiyasini keltirib chiqaradi. Bu esa to‘qimalar va organlarga, xususan o‘pka to‘qimalariga zarar yetkazishi mumkin. Ushbu jarayon halokatli oqibatlarga olib kelishi xavfi bor» deyiladi xabarda.
"Levilimab" dorisi "Biocad" biotexnologik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dastlab, preparat revmatoid artritni davolash uchun ishlab chiqilgan.
"Biocad" kompaniyasining ta’kidlashicha, dori maxsus rejimda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Hozirda uchinchi bosqich klinik sinovlari davom etmoqda.
"Levilimab"dan faqat shifoxonada foydalanish mumkin. Dori 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘spirinlarda, homilador va emizikli ayollarda, shuningdek jigarning og‘ir yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga tavsiya etilmaydi.
Avvalroq, Rossiyada koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan birinchi dori vositasi ro‘yxatdan o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi