Rossiyada koronavirus vaksinasi taxminan qachon ro‘yxatdan o‘tkazilishi aytildi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyada koronavirus vaksinasi sinovi yakunlangani haqida xabar bergan edik.

Rossiyada vaksinasini fuqarolar muomalasiga 14-15 avgustdan kiritishga umid qilinyapti. Bu haqda N.F.Gamalei instituti direktori Aleksandr Ginsburg RIA Novostiga ma’lum qilgan.

Institut direktori vaksinani yaqin orada dorixonalarga yetkazishning iloji bo‘lmasligini taxmin qilgan. U vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishning o‘zi 3-4 avgustgacha davom etishini bildirgan.

Bu orada esa vaksina sinovining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. Bu taxminan 28 iyulgacha davom etadi.

Institut bu vaksina bilan rossiyaliklar shifoxonarda tekinga emlanishiga umid bildirgan. Ular xususiy kompaniyalar sentyabr oyi boshlarida vaksina ishlab chiqarishga kirishishini taxmin qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada N.F.Gamalei nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi mutaxassislari tayyorlagan vaksina sinovi muvaffaqiyatli yakunlandi. Sinov uchun ko‘ngillilardan iborat ikki guruh tuzilib, ular shifokorlar nazoratida emlandi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

1197

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing