Rossiyada koronavirus kirib bormagan bitta hudud qoldi
Olam
−
15 aprel 2020
17501Rossiyaning 85 ta regionidan 84 tasida koronavirus bilan kasallanish holati aniqlandi. Rasmiy ravishda qayd qilinmagan oxirgi region - Oltoy Respublikasi bo‘lmoqda. Bu mintaqa maxsus shtabining Telegram’dagi sahifasida ma’lum qilingan.
Bundan avval Chukotka va Nens muxtor okrugida ham koronavirusga hech kim chalinmagan edi, ammo hozirga kelib bu joylarda bittadan holat aniqlangan.
Oltoy Respublikasida 220 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Region Xitoy, Mongoliya va Qozog‘iston, shuningdek, Oltoy o‘lkasi, Kemerova viloyati, Xakasiya Respublikasi va Tiva Respublikasi bilan chegaradosh.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 24,5 mingta koronavirus holati qayd etilgan. Infeksiya yuqtirib olgan 198 nafar bemor olamdan o‘tgan. 1986 kishi tuzalib ketgan. Eng ko‘p bemorlar Moskva, Moskva viloyati, Murmansk viloyati, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatlarida qayd etilgan.
LiveBarchasi