Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq navbatdagi antirekord qayd etildi
Olam
−
21 dekabr 2020
5772So‘nggi bir kun ichida Rossiyada 29 ming 350 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Bu mamlakatda qayd etilgan yangi antirekord hisoblanadi.
Bundan oldingi antirekord 6 dekabrda qayd etilgan, o‘shanda mamlakatda 29 ming 39 nafar bemor aniqlangandi.
Kecha kun davomida 493 kishi vafot etgan. 19 ming 705 nafar bemor sog‘aygan.
Rossiyada butun pandemiya davrida aniqlangan bemorlar soni 2 mln 877 ming 727 nafarni tashkil etmoqda.
Kecha kun davomida 84 ta hududda yangi kasalliklar aniqlangan.
Moskvada kunlik o‘sish 7 ming 797 tani tashkil etgan. 3 ming 752 ta ko‘rsatkich bilan Sankt-Peterburg Moskvadan keyingi o‘rinda qayd etilgan. 1 ming 523 nafar bemor Moskva viloyatida, 501 nafari Nijniy Novgorod viloyatida, 396 nafari Sverdlovsk viloyatida, 394 nafari Arxangelsk va Pskov viloyatlarida, 387 nafari Rostov viloyatida, 392 nafari Kareliyada, 384 nafari Voronej viloyatida, 364 nafari Vologda viloyatida, 350 nafari Qrimda, 341 nafari Xabarovsk viloyatida, 330 nafari Perm viloyatida, 331 nafari Krasnoyarsk o‘lkasida, 312 nafari Chelyabinsk viloyatida, 305 nafari Samara viloyatida qayd etilgan. Qolgan hududlarda kun davomida 300 tadan kam yangi holat aniqlangan.
LiveBarchasi