Rossiyadagi qurilish maydonchasida yana bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Olam
−
03 mart
5565Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Krasnoselskiy – Kalininskiy metro liniyasi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik erkak ekskavator kovushi ostida qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 28 fevral kuni sodir bo‘lgan. Politsiyaga haydovchining vafot etgani haqida voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlari xabar bergan. Aniqlanishicha, marhum 34 yoshda bo‘lib, u O‘zbekistondan Rossiyaga borib ishlayotgan bo‘lgan va migratsiya hisobida turgan. Ish jarayonida uning ustiga ekskavator kovushi tushgan va olgan jarohatlari sabab vafot etgan.
Bildirilishicha, marhumning jasadi morgga yuborilgan. Huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanida qurilish ishlari olib borilayotgan paytda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘lgan edi. Baxtsiz hodisaga ishchining xavfsizlik qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

