Rossiyada ushlangan o‘zbekistonlik migrantlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyada mehnat qilayotgan 45 nafar o‘zbekistonliklar mamlakatning xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingani, ulardan 12 nafari hujjatlarini tekshirish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgani haqida xabar qilgan edik.


O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu holatni o‘rganib, bayonot berdi.

Unda qayd etilishicha, Voronej viloyatining Voronej shahridagi bir nechta qurilish ob’ektlarida migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish maqsadida o‘tkazilgan reyd davomida ushlangan hamda politsiya bo‘limiga keltirilgan O‘zbekiston fuqarolarining 11 nafariga nisbatan patent muddati o‘tib ketgani sababli jarima shaklida ma’muriy javobgarlik qo‘llanilib, shu kunning o‘zida vaqtincha yashash joyiga ruxsat berilgan. Qolgan 1 nafari esa hech qanday hujjatlarsiz ishlagani sababli mamlakat hududidan deportatsiya qilinmoqda.

Agentlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, videoda aks etgan holat joriy yilning 7 iyun kuni  Voronej shahridagi “Razvitiye” qurilish hududida yuz bergan.

“Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilish hamda migratsiya qonunchiligini buzmaslik so‘raladi”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing