Rossiyada “qorbobo” do‘kon egasini otib o‘ldirdi
Olam
−
04 yanvar
9641Rossiyaning Kanash shahridagi do‘konlardan birida qorbobo kiyimidagi shaxs do‘kon egasini otib o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 2 yanvar kuni taxminan 16:20 da qorbobo kiyimidagi erkak Kanash shahridagi do‘konlardan biriga kirib, peshtaxta oldiga kelib, do‘kon egasiga qarata o‘qotar quroldan o‘q uzgan. Erkak olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan, hujumchi esa qochib ketgan.
Tergov qo‘mitasi tergovchilari Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda olib borgan samarali harakatlari tufayli gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan. 2025 yil 3 yanvar kuni ertalab u Kanash shahridagi qishloqlardan biridagi yashash joyida ushlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qotillikka jabrlanuvchining gumonlanuvchi oldidagi qarzi sabab bo‘lgan.
O‘tkazilgan dastlabki tergov harakatlari davomida voqea joyi atroflicha ko‘zdan kechirilib, xolislar so‘roq qilinib, tibbiy va ballistik ekspertiza tayinlangan.
Tergov gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llagan.
LiveBarchasi