Rossiyada “qorbobo” 24-qavatdan tushib ketib, o‘ldi (video)

Olam

image

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida bolalarga "syurpriz" qilish uchun bino tashqarisidan 24-qavatga ko‘tarilgan "qorbobo" yiqilib, vafot etdi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Bildirilishicha, voqea 21 dekabr kuni kechqurun Chelyabinsk shahrining Lesoparkovaya ko‘chasidagi 7-uy hovlisida sodir bo‘lgan. 

Gap shundaki, “qorbobo” kiyimidagi alpinist 24-qavatdan hovliga tushib kelishi va bolalar bilan turli raqslar uyushtirishi kerak edi. Ammo u 24-qavat balkonidan tushishni boshlashi bilan muvozanatini yo‘qotib, qulab tushgan. Guvohlarning aytishicha, balkonda ikkita arqon bo‘lgan. Ammo “qorbobo” arqonlarni bog‘lashni unutgan. 

“Bunday tushish qiyin. Ishonchim komilki, menda buning uchun mahorat yetarli. Ammo bu kafolatlanmagan. Shuning uchun men hatto bir qavat pastga ham tushmagan bo‘lardim. Bu yerda esa 24-qavat bor”, dedi alpinist Yan Belov voqeaga munosabat bildirib.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Chelyabinsk viloyati bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik erkak Qirg‘izistonda qurilishi davom etayotgan Prezident Administratsiyasi binosidan qulab tushgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Chelyabinsk Rossiya qorbobo 24-qavat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing